GIDROGEOSEYSMOLOGIYA  LABORATORIYASI

      

       Laboratoriya 1967 yilda tashkil qilingan. Ilk bor “Gidrogeohimiya” laboratoriyasi deb atalgan edi. Uning birinchi
       mudiri Qosimov X.K. bo`lgan. Dastlabki faoliyati Toshkent shahrining G`alaba parkida joylashgan yer osti suv
       quduqlaridan birida radon gazining tarkibini kuzatish bo`lgan. Xodimlar soni 4 kishidan iborat edi. Asosiy keng
       qamrovli tadqiqot faoliyati 1971 yilda geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor A.N.
       Sultonho`jayevning laboratoriyaga yetakchi bo`lib kelganidan boshlangan.

 

 


Аkad. Sultonho`jayev A.N.   

     
 

       Laboratoriyaning asoaiy tadqiqot yo`nalishi – zilzilalarning gidrogeoseysmologik darakchilarini qidirish va seysmik xavfni prognoz qilishning ilmiy  
       asoslarini va texnologiyasini ishlab chiqishdir.
       Hamkasblar va xodimlarning keng ko`lamdagi izlanishlsri natijasida “Zilzilaniung tayyorlanish  va sodir do`lish davrida yer osti suvlari ximiyaviy
       tarkibining (gaz va izotoplar) o`zgarishi” nomli 129-sonli kashfiyot qilingani edi (Mavlonov G`.O.,. Sultonho`jayev A.N., Xasanova L.A., va boshqalar).
       Ilgari maۥlum bo`lmagan aynan shu xodisa keyinchalik fanning ikki yo`nalishi - seysmologiya va
       gidrogeologiya oralig`ida O`zbekistonda, keyinchalik dunۥyoning ko`pgina seysmoaktiv regionlarida o`z  rivojini topgan va fandagi yangi yo`nalishning
       shakllanishiga sabab bo`ldi. Yaۥniy “Gidrogeoseysmologiya” fani vujudga keldi.
       Bundan tashqari laboratoriya xodimlari tomonidan 1975 yili “Gaz anomaliyalarini aniqlashusuli”, 1980 yili “Radioktiv emanasiya konsentrasiyasini    
       o`lchash uskunasi”, 1989 yili “Zilzilalarni prognoz qilish usuli” mavzularida avtorlik guvohnomalari, 1993 yili “Zilzilaning avtershok aktivligini prognoz  
       qilish usuli”, 1998 yili “Zilzilalarni prognoz qilish usuli”  nomli patentlarni olishga muyassar bo`ldirar va h.k.z.
           
Laboratoriya mudiri geologiya- 
-mineralogiya fanlari doktori,Yusupov Sh.S..





    Vistavkalarda qatnashish.         Xalqaro simpoziumlarda (Bishkek (Qirg`ziston), Urumchi (XXR)).  

Kuzatuv obۥektlari yer osti suvlari bo`lib, parametrlari esa: suvda erigan gazlardan -  Rn, CO2, Ar, N2, O2, H2, Не va boshqalar; ximiyaviy elementlardan - K, F, CI, B, Ca, Hg va b.; yer osti suv manbaۥlari gidrogeofizik parametrlaridan – suv sarfi, bosimi, temperaturasi; izotop-geoximik parametrlaridan – elementlarning izotop nisbatlari - δ13С, 40Ar/36Ar, 3He/4He va suvning δ18O, δD ko`rsatgichlarini kuzatish yo`lga qo`yilgan. Yuqorida qayd qilingan hamma parametrlar kompleksini ilmiy taxlil qilish va anomal o`zgarishlarni tizimlash zilzilalarning tayyorlanish va sodir bo`lishida zamonaviy ilmiy metod asosida baۥzi bir zilzilalarni prognostik alomatlariga asoslangan bashorati – bu zilzila prognozida yangicha yondashish edi.
Shunday qilib, keyinchalik zilzilalarni prognoz qilishda yer osti suvlarining gidrogeoximiyasi dunyo miqyosida tan olindi va o`z o`rnini egalladi. Zilzilaning tayyorgarlik,  sodir bo`lish va undan keyingi davrdagi jaroyonlar bilan uzviy bog`langan yer osti suvlari parametrlari: gidrogeodinamik rejim, fizika-ximiyaviy va gaz hamda izotop tarkibi darakchilarning namoyon bo`lish qonuniyatlarini aniqlashda, ularni qidirishda va seysmik xavfni prognoz qilishda gidrogeoseysmologik(GGS) usul xal qiluvchi o`ringa chiqdi. 





       O`tgan asrning 80-yillariga kelib laboratoriya bazasida qo`yilgan  masalalarning kengayishi hisobiga Gidrogeoseysmologiya  bo`limi tashkil
       qilindi va u gidrogeofizika, gidrogeoximiya va izotop geoximiyasi laboratoriyalarini o`z ichiga oldi.
       Sistematik gidrogeoseysmologik izlanishlarning boshlang`ich etapi asosida laboratoriya, eksperimental va dala ishlari natijalarini kompleks
       taxlil qilish yotadi. Bu ishlar avval Toshkent geodinamik poligonida olib borildi. Keyinchalik esa darakchilarni qidirish, prognoz tadqiqotlari   
       xududi (Toshkent, Farg`na va Qizilqum geodinamik poligonlari) kengaydi va yangi-yangi kuzatuv punktlari ochildi.
 
 
   
    



                                                            Qizilqumda                                             Qirqqiz bul.                                         Ozodbosh bul.                      Sho`rchi stn. (7-quduq)                 

Yangi GGS-izlanish metodlari o`zlashtirildi, yaۥni, yer osti suvlari gazlarining (geliy, argon, karbonat angidrid, molekuryar vodorod, suvdagi vodorod va kislorod) izotop tarkibini mass-spektrometrik presizion aniqlash, trek detektorlari yordamida qattiq tog` jinslaridagi radonning tabiiy radiaktiv emanasiyasini o`lchash, geliyning suvdagi absolyut tarkibi qiymatini aniqlash, yadro-fizik analiz metodini qo`llab yer osti suvlarida simob miqdorini kuzatish va h.k.z.  



                                                                  Mass-spektrometrlar:: МI 13-09,                 МАТ-250                Laboratoriya ustaxonasi (Yakubov Y.Sh.)

Laboratoriyaning asosiy vazifasi – uzluksiz kuzatuv jaroyonidagi anomal effektlarni aniqlash, GGS izlanishlar bo`yicha O`zbekistonning seyemoaktiv rayonlari uchun metodik qo`llanmalar ishlab chiqish va ularni Kompleks ekspedisiya (xozirda FVVga qarashli Prognostik monitoring markazi) faoliyatiga qo`llash, respublikaning har xil seysmorektonik va gidrogeologik regionlari uchun prongnostik stansiyalarni tashkil qilishdan iboratdir.
GGS parametrlari anomaliyararining namoyon bo`lish tabiatini o`rganish uchun natur (epimarkaz va sanoat portlashlar zonalarida gaz va suv namunalarini olish, obۥyektlarni har xil ekspluatasion rejimlarda, parametrlarning sutkalik va mavsumiy variasiyalarini aniqlash hamda quyosh va oy tutilishi davrlarida eksperimentlar o`tkazish) va “gaz – suv – tog` jinsi” sistemasida laboratoriya tajribalari o`tkazish.   
Laboratoriyada bunday keng ko`lamli tadqiqotlarni olib borish uchun o`z paytida yetarli darajada asbob-uskunalar va yuqori malakali kadrlar mavjud edi. Bo`limda 40 dan ortiq ilmiy va injener-texnik xodimlar ishlar edi, shulardan 2 ta fan doktori (1 tasi akademik), 7 ta fan nomzodi bor edi.
Laboratoriyaning yetakchi mutaxasislari O`zbekiston FVVning Seysmoprognostik monitoring markazining doimiy konsultantlari hisoblanadilar.
       Gidrogeoseysmologik izlanishlar natijalari bo`yicha laboratoriya xodimlaridan L.I. Mitrofanova (1981. Moskva), S. Siddiqov (1983), T. Zokirov   
       (1985), Sh.S. Yusupov (1986), T.I. Isamuxamedova (1988), T.L. Ibragimova (1988), V. A. Kabo (1989, Qozog`iston GT va GF Instituti), A.O.   
       Grinevskiy (1988, Moskva),  V.V. Komissarov (1990, Moskva), Nabil Abraxam Muhamed (1992, Yaman), R.S. Ziyavuddinovlar (2011) fan
       nomzodi, Sh.S. Yusupov (1994), G.Yu. Аzizov (2000) doktorlik dissertasilarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Laboratoriya xodimlari AQSH,
       Yaponiya, Italiya, Hindiston Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlarga vatanimiz ilmiy yutuqlarini ommalashtirish va ilmiy hamkorlikni
       rivojlantirish maqsadida unumli xizmat safarlarida bo`ldilar.
       Olimlarimizning umumiy chop etgan ilmiy ishlari 250 dan ortiq. Eng muhimlari Xitoy, Yapon va Ingliz tillariga tarjima qilingan .



 

 Акаd. Sultonxo`jayev va Хitoy delegasiyasi

Oxirgi yillardagi asosiy nashrlar ro`yxati:

1.    Ibragimov R.S., Sultonxo`jayev A.N., Artikov T.U., Аzizov G.Yu., Zigan F.G. Poisk optimalnyx strategiy I ispolzovaniya gidrogeohimicheskix parametrov pri prognozirovaniya ztmletryaseniy// Jurn."Geologiya i mineralnyye resursy" 2000 g. № 5. s.45-51.
2.    Abdullabekov K.N., Sultankhodjaev A.N., Akbarov Kh.A. Earthquake prediction methods on results of complex observation (Uzbekistan) // Abstracts of XXXI Intern. Geological congress, Rio de Janeiro. Brazil VIII 2000.
3.    Sultankhodjaev A.N. Study of Earthquakes precursory in Central Asia. // Abstracts of International Conference on Natural Hazards: Mitigation, Management (ICNHMM) AMRITSAR, 12-17 march, 2001. P.20-21.
4.    Sultankhodjaev A.N., Аzizov G.Yu., Zigan F.G. Geologo-tektonicheskiye osobennosti proyavleniya gidrogeoseysmologicheskix anomaliy// "Geologiya va mineral resurslar", № 2., 2003 y.
5.    Sultankhodjaev A.N. "Osnovy  Gidrogeoseysmologiy"//Таshkent: 2006 y.,200 b.
6.    Yusupov Sh.S., Shin L.Yu. Primenenie izotopnogo sostava ugleroda dlya prognozirovaniya zemletryaseniy// Теz. dokl. 20-simpoziuma po stabilnym izotopam. 12-14 noyabr 2013 g. М. GEOHI RAN.
7.    Yusupov Sh.S., Nurmatov U.A., Shin L.Yu. Vliyaniye  geologo-tektonicheskix usloviy na osobennosti proyavleniya  gidrogeoseysmologicheskix predvestnikov zemletryaseniy. Dokl. АN RUz. №6, 2015. b. 69-75.
8.    Nurmatov U.A., Yusupov Sh.S., Shin L.Yu., Yusupdjanova U.A. Svyaz osobennostey proyavleniya  gidrogeoseysmologicheskix predvestnikov zemletryaseniy s seysmotektonicheskoy obstanovkoy. Jurn."Geologiya i mineralnyye resursy". 2016. с. 38-44.
9.    Yusupov Sh.S., Zakirov M.M., UmurzakovR.K., Shin L.Yu. Osobennosti izmeneniye gidrogeohimicheskix parametrov podzemnyx vod v period predshestvuyushiy I soputstvuyushiy seysmicheskoy aktivnosti // Vestnik Nas. Universiteta.  Таshkent. 2016. №3/1. s. 223-228.
10.    Yusupov Sh.S., Zakirov M.M., UmurzakovR.K., Shin L.Yu. Gazo-himicheskiy I izotopniy sostav podzemnyx bod Pritashkentskogo artezianakogo basseyna v svyazi s stysmichnostyu// V sb. Problemy seysmologii Uzbekistana. IS АN RUz. Таshкеnт. №13, 2016. s. 84-87.
11.    Yusupov Sh.S., Shin L.Yu. Zona chuvstvitelnosti gidrogeoseysmologicheskix predvestnikov zemletryaseniy(uglekisliy gaz)// Jurn."Geologiya i mineralnyye resursy".  №6, Таshкеnт, 2016. s. 53-56
12.    Yusupov Sh.S., Shin L.Yu. Nekotoryye xarakteristiki predvestnikov zemletryaseniy// Ekologiy Vest. Uzbekistsna. №4, Таshкеnт, 2017. s.14-17
13.    Yusupov Sh.S. Izotopnaya geohimiya ugleroda podzemnyx bod Sentralnoy Azii. Pod. red. Аbdullagekova Q.N. Таshкеnт, Sivash, 2017. 245 s.
14.    Yusupov Sh.S., Zakirov М.М. Rezultaty issledovaniya rasprostraneniya geliya v podzemnyx vodax// DAN RUz. №2, Таshкеnт, 2017. s.78-82.
15.    Yusupov Sh.S., Zakirov M.M., UmurzakovR.K. Osobennosti rasprostraneniya rastvorennyx gazov v podzemnyx vodax pritashkentskogo artezianakogo basseyna/ Ekologiy Vest. Uzbekistsna, №2, Таshкеnт, 2018. s.29-33.
16.    Yusupov Sh.S., Nurmatov U.A., Shin L.,Yu., Yusupdjanova U.A. FEATURES OF INFLUCE OF GEODYNAMIC CONDITIONS ON THE MANIFESNANIJN OF HYDROGEOSEISMOLOGICAL EATHQUAKE PRECURSORS// International Jornal of Geology, Earth and Environmental Sciences. Jaipur, India. P. 23-31.


2018 год © Институт Сейсмологии им А. Г. Мавлянова
Адрес:Узбекистан, 100128, г. Ташкент, ул. Зулфияхоним, 3.
Тел.: +(99871)241-51-70 Факс: +(99871)241-74-98 Е-mail: seismologiya@inbox.uz; seismo@uzsci.net