MUHANDISLIK SEYSMOGEOLOGIYA LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim

Tashkil etilgan yili: 2015 yilda institut tarkibini qayta tashkil etish munosabati bilan “Regional injenerlik geologiyasi” laboratoriyasi “Lyossshunoslik” va “Injenerlik Seysmogeologiyasi” laboratoriyalari bilan biriktirilib “Muxandislik seysmogeologiyasi” laboratoriyasi deb yuritilib kelinmoqda.
Xodimlar tarkibi: Qayta tashkil etilgandan keyin laboratoriyada 9 ta xodim 1 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi, 3 ta kichik ilmiy xodim va 2 ta laborant faoliyat yuritib kelmoqda.
Asosiy yunalishlari: resipientlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashni muhandislik va geologik asoslash maqsadida geologik muhitda tabiiy va texnogen o‘zgarishlarning rivojlanishini prognozlash nazariyasi va metodologiyasini ishlab chiqish. Hozirgi kunda O‘zbekistonning yirik suv omborlarining yaqin ta’sir doirasi geologik muhitining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati modelini muhandislik-geologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda kuchli zilzilalar katalogida magnitudasi 6 va undan yuqori bo‘lgan 28 ta kuchli zilzilalarning Respublikaning g‘arbiy, markaziy va sharqiy hududlarida joylashgan bo‘lib ular yer yuziga yaqin (25-30 km) va resipientlar uchun halokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan epitsentri chuqur bo‘lmagan kuchli zilzilalar tanlab olinadi. Resipientlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash uchun asos seysmik xavf omillariga bog‘liq. Seysmik xavf omillari tabiiy, ekologik, texnogen, iqtisodiy va boshqaruvga bo‘linadi. Seysmik risk omillari baxolash har bir omili shartli 4 balli shkala bo‘yicha 1, 2, 3 va 4 bo‘lgan past, o‘rtacha, yuqori va juda yuqori risk potensiallariga bo‘linadi. Seysmik faol maydonlarda joylashgan urbanlashgan hududlarda texnogen omil birinchi o‘rinda turadi. Ushbu hududlarda kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan taqdirda sinergetik texnogen xavfni baholash va prognoz qilish juda dolzarb.
Tarxiy - ilmiy saloxiyati: Laboratoriya dunyoga taniqli akademik G‘.O.Mavlonov rahbarligida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘zbekistonda muhandislik-geologik sharoitlarni o‘rganish tarixi turli yillarda laboratoriyada rahbarlik qilgan mudirlar geologiya va mineralogiya fanlari doktori M.Sh. Shermatov (1977 yildan 1986 yilgacha) - AM Xudaybergenov(1998 yildan 2011 yilgacha)  va geologiya-mineralogiya fanlari nomzodlari - M. Mengliboev(1986-1990 yillar)  - K.Sh. Nurmuxamedov (1991 yildan 1998 yilgacha) larning o‘z ishlari bilan bog‘liq. Laboratoriya faoliyati davrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari uchun 11 ta doktor va 29 ta geologiya-mineralogiya fanlari nomzodlari himoya qilishgan. Laboratoriya Fan va texnologiya agentligi, O‘zbekiston Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan davlat grantlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Laboratoriya xodimlari turli xil konferensiya va tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekistonning urbanlashgan hududlarini regionlar bo‘yicha Toshkent viloyati, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Qarshi, Buxoro, Kogon va Samarqand shahar va viloyat miqiyosida hududlarning kompleks geologik riskni ekspert baholash bo‘yicha integral sxematik xaritalar yaratildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning yirik suv omborlarining yaqin ta’sir doirasi geologik muhitining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati modelini muhandislik-geologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
    Oxirgi 5 yilda laboratoriya xodimlari 2 ta fundamental va 1 ta amaliy tadqiqotlar olib bordi va Respublika va Xalqaro miqiyosda 33 ta ilmiy maqola va hisobotlarni bajardi.
2014 yildan 2018 yilgacha uchta monografiya: O‘zbekistonning geoekologiyasi va seysmik ekologiyasi; O‘zbekistonning urbanlashgan hududlarida muhandislik-geologik sharoitlarni va seysmik risk omillarini shakllanishi va o‘zgarish shakllari; geologik muhitda tabiiy va texnogen o‘zgarishlarini shakllanish qonuniyatlari va individual quruvchilar uchun zilzila bardosh individual uylar qurilishi qo‘llanmasi nashr etilgan.
2017-2018 yillar mobaynida urbanlashgan hududlarning seysmik riskini baholash uchun uchta dasturiy mahsulotga guvoxnoma olindi. Laboratoriyaning asosiy ilmiy natijalari: 2014 yilning 1 yanvaridan to hozirgi kungacha. FA–F8–T063 "Geologik muhitni tabiiy-texnogen o‘zgarishlarining shakllanish qonuniyatlarini seysmik risk asosi sifatida tadqiq etish" mavzusidagi fundamental tadqiqotlar doirasida M.A.Tuychieva rahbarligida Finlandiya Geologiya Hizmatining «KallioINFO-project» dasturidan foydalanib, O‘zbekistonning sharqiy va janubiy-g‘arbiy urbanlashgan hududlari uchun geologik riskni ekspert integral baholash xaritasi tuzdi va past, o‘rta, yuqori va juda yuqori geologik risk potensiallariga ajratildi. № PPI-14 FA-A14-T047 "Markaziy va Janubiy O‘zbekiston yirik yer yoriqlarining dinamik ta’sir ko‘rsatish zonalarini baholash va seysmogen zonalarning makon va quvvat ko‘rsatgichlariga aniqliklar kiritish" mavzusidagi amaliy loyihaning doirasida Buxoro shahri va uning atrofi hududlari uchun geoekologik sharoitlarini geologik muhitni himoyalash va ratsional foydalanish, geoekologik riskni pasaytirish va talofatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi, shuningdek, ArcGIS formatda Buxoro shahri va uning atrofidagi hududlar uchun geoekologik risk patensiallari baholandi va ekspert raster xarita tuzildi. Geoekologik risk xarita tuzilgandan so‘ng, 2017-2018 yillarda O‘zbekistonning urbanlashgan hududlari seysmik riski va muhandis geodinamik rayon zamonaviy holatini baholash maqsadida geologik muhitning tabiiy-texnogen o‘zgarishini rivojlanishini qisqa muddatli prognozlash va uni boshqarish uslubiyati ishlab chiqildi. Hamda Intellektual mulk agentligi tomonidan 3 ta seysmik riskni baholash bo‘yicha dasturiy mahsulotga guvoxnomalar olindi:
1. Tuychieva M.A., Djuraev N.M., Yodgorov Sh.I., Matvapaev S.R., Jaxongirov N.J. EHM uchun "MapGeoEcoRisk" seysmik riskning geoekologik omil xaritasini tuzish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 28.08.2017 yili №DGU04704 raqam bilan davlat ro‘yhatidan o‘tgan guvohnoma.
2.Tuychieva M.A., Djuraev N.M., Yodgorov Sh.I., Matvapaev S.R., Jaxongirov N.J. EHM uchun "BaseGeoEcoRisk" ma’lumotlar bazasini tuzish va izlash dasturiy mahsulot bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 27.10.2017 yili №DGU04824 raqam bilan davlat ro‘yhatidan o‘tgan guvohnoma.
3. Tuychieva M.A., Djuraev N.M., Yodgorov Sh.I., Matvapaev S.R., Jaxongirov N.J. EHM uchun "EngineerRisk" urbanlashgan hududlar uchun seysmik riskning injenerlik omilini hisoblash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 31.05.2018 yili №DGU05373 raqam bilan davlat ro‘yhatidan o‘tgan guvohnoma.
Laboratoriyada 2014 yildan hozirgi kungacha e’lon qilingan nashrlarning ro‘yxati:


2018 год © Институт Сейсмологии им А. Г. Мавлянова
Адрес:Узбекистан, 100128, г. Ташкент, ул. Зулфияхоним, 3.
Тел.: +(99871)241-51-70 Факс: +(99871)241-74-98 Е-mail: seismologiya@inbox.uz; seismo@uzsci.net